20:37 / 21.02.2015
6 046

Luis Enrike Messining qarashlariga norozilik bildirdi

Luis Enrike Messining qarashlariga norozilik bildirdi

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa hujumchisi Lionel Messining so‘nggi sharhlaridan norozi bo‘lmoqda.

Avvalroq, Messi jamoa o‘yinlaridagi o‘sish “Real Sosedad”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng boshlanganini va futbolchilar ishga nisbatan boshqacha yondosha boshlaganlarini aytib o‘tgan edi.

“Men bir yarim oydan buyon bizda o‘tish davri kechayotganini takrorlab kelyapman, hozir hamma narsa birlashdi, mexanizm ishga tushdi. O‘z fikrimni o‘zgartirmoqchi emasman. Bu butun mavsum davom etadigan jarayon. Messining so‘zlari? Men muammo tug‘dirmoqchi emasman va bu munozarani chuqurlashtirmoqchi emasman. U boshqacha o‘ylayotgan ekan – juda yaxshi. Men o‘z fikrimni aytyapman”, – deydi Enrike.

“Hozir men “Malaga” bilan uchrashuv haqida o‘ylayapman. Agar sizni boshqa narsalar qiziqtirsa, bu sizning ishingiz”, – deb qo‘shimcha qiladi “Barselona” murabbiyi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Messining qarashlariga norozilik bildirdi