Kataloniyaning "Barselona" klubi Ispaniya La Ligasi 24-turida kutilmaganda o‘z uyida "Malaga" klubiga mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinning 7-daqiqasida Dani Alvesning xatosidan foydalangan "Malaga" futbolchilari qarshi hujumda hisobni ochishdi. Xuanmi "Barselona" darvozaboni Bravo bilan yakkama-yakka chiqib ketdi va unga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
O‘yinning birinchi bo‘limi qolgan daqiqalarida "Barselona" futbolchilarida bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, ammo Kameni darvozasi ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar raqibini jarima maydoniga qamab qo‘yishdi ammo, golli vaziyatlarni sodir etishda ancha qiynalishdi. "Malaga" esa himoyada bexato o‘ynadi va "Barselona" futbolchilariga imkon berishmadi. O‘yin yakunigacha "Barselona" futbolchilari "Malaga" darvozasiga yo‘l topa olishmadi va shu tariqa "Kamp Nou"da turning eng sensasion natijasi qayd etildi - 0:1.
Ta’kidlash lozim, "Malaga" ushbu mavsumda "Barselona"dan har ikkala o‘yinda gol o‘tkazib yubormagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. "Malaga" maydonida bo‘lib o‘tgan birinchi davradagi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan edi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, "Barselona" "Real"ga etib olish imkoniyatini yana bir bor qo‘ldan chiqardi.
Ispaniya La Ligasi, 24-tur.
"Barselona" - "Malaga" 0:1
Gol: Xuanmi (7).
Barselona: Bravo, Dani Alves (Maskerano, 73), Pike, Alba, Mate, Rafinya (Rakitich, 63), Buskets, Inesta (Pedro, 67), Neymar, Messi, Suares.
Malaga: Kameni, Anxeleri, Rosales, Veligton, Torres, Samu (Boka, 85), Resio, Orta (Duda, 79), Darder, Kastilexo, Xuanmi (Anor, 50).
Ogohlantirishlar: Rafinya (12), Veligton (49), Resio (62), Pike (79), Neymar (87), Duda (90), Alba (90).
Manba: stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?