19:19 / 24.02.2015
7 134

Rustam Qosimjonov Gruziyadagi FIDE Gran-Prisida yana bir bor durang qayd etd

Rustam Qosimjonov Gruziyadagi FIDE Gran-Prisida yana bir bor durang qayd etd

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE Gran-prisining uchinchi bosqichida 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Sayyoraning eng kuchli grossmeysterlari ishtirokida o‘tayotgan nufuzli musobaqada 2004 yilgi jahon chempioni Rustam Qosimjonov ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Olamsport.com.

Kecha, 23 fevral kuni o‘tkazilgan 8-turda Rustam Qosimjonov oq donalarda o‘ynashiga qaramay, ausayder bo‘lib turgan rossiyalik Dmitriy Andreykinning qarshiligini sindira olmadi. Tomonlar 31-yurishdan so‘ng murosaga kelishdi.

Ushbu durangdan so‘ng Rustam Qosimjonov 4,5 ochko bilan turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, uchinchi o‘rinni egallab turibdi. To‘rtinchi pog‘onada borayotgan ozarbayjonlik Teymur Rajabov hisobida ham 4 ochko bor. Peshqadam Evgeniy Tomashevskiy (Rossiya) kechagi g‘alabadan so‘ng hisobidagi ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi.

FIDE Gran-prisi:

3-bosqich. 8-tur natijalari:

Rustam Qosimjonov (O‘zbekiston) – Dmitriy Andreykin (Rossiya): 0,5:0,5;
Vashe-Lagrav – Tomashevskiy: 0-1;
Svidler – Jobava 0-1;
Dominges – Yakovenko, Rajabov – Mamadiyarov, Giri – Grishchuk partiyalarida durang natija qayd etildi.

8-turdan keyingi turnir jadvalidagi holat:

1. Tomashevskiy – 6;
2. Yakovenko – 5;
3-4. Qosimjonov, Rajabov – 4,5;
5-8. Jobava, Mamadiyarov, Giri, Dominges – 4;
9. Grishchuk – 3,5;
10-11. Vashe-Lagrav, Svidler – 3;
12. Andreykin – 2,5.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rustam Qosimjonov Gruziyadagi FIDE Gran-Prisida yana bir bor durang qayd etd