23:33 / 25.02.2015
6 468

OChL, 1-tur. «Nasaf» o‘z maydonida «Traktorsozi»dan ustun keldi

OChL, 1-tur. «Nasaf» o‘z maydonida «Traktorsozi»dan ustun keldi

Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Nasaf" va "Traktorsozi" jamoalari o‘rtasida uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.

Birinchi bo‘limni qarshilik futbolchilar juda sust o‘tkazishdi. Jamoa a’zolari o‘zaro bir-birlarini tushunib o‘ynashda ancha muammolarga duch kelishdi. Raqib ham u qadar faollik ko‘rsatmay, asosan ikkinchi raqamda o‘ynab, qarshi hujumda “Nasaf” futbolchilarini jazolashga intilib harakat qilishdi. Aytish mumkinki, eronliklarning birinchi bo‘lim uchun tanlagan taktiklari to‘liq o‘zini oqladi.

31-daqiqada o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga etkazib berilgan to‘pga Edino boshi bilan kuchsiz zarba berdi. Ammo “Nasaf” posboni bu vaziyatda bir oz oldinga chiqib ketgani uchun bu zarbani qaytar olmadi. Hisob ochilganidan keyin qarshiliklar bor e’tiborlarini hujumga qarata boshlashdi. Ammo ularning harakatlari birinchi bo‘limda samara bergani yo‘q.

Ikkinchi bo‘limni esa “ajdarlar” tamoman boshqacha boshlashdi. Tanaffusda Ro‘ziqul Berdievning o‘z shogirdlariga bergan ko‘rsatmalari tezda o‘z natijasini ko‘rsatdi. Ilhom Shomurodov jarima maydonchasi chizig‘idan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Goldan ruhlangan “Nasaf” futbolchilari tezda hisobda oldinga chiqib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Artur Gevorkyan o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan keyin jarima zarbasidan to‘pni havolatib oshirib berdi. Hammadan baland sakragan Hamza Karimov boshi bilan ajoyib zarba yo‘llab, hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.

“Nasaf” shundan keyin ham tinchigani yo‘q. Hujum ketidan hujum uyushtirishda davom etdi. Bu vaziyatda “Traktorsozi” jamoasi a’zolari qiyinchilik bilan vakillarimizning hujumlarini qaytarib turishdi.

Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmida raqib ham bir oz o‘ziga kelib, asta hujumlar uyushtira boshladi. Ammo bu hujumlarni himoyachilarimiz va darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu tariqa “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda g‘alaba qozonib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

OChL, 1-tur
"Nasaf" - "Traktorsozi" - 2:1

Gol: I.Shomurodov (46), H.Karimov (53) - Edino (31).
"Nasaf": Eldor Suyunov, Maqsud Karimov, Ilhom Shomurodov, Roy Rok, Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev, Shuhrat Muhammadiev, Hamza Karimov, Odil Hamrobekov, Farruh Sayfiev, Oleksandr Koblash
"Traktorsoziy": Hamid Lak, Hamid Gordaniy, Xolid Shafiy, Mirxan Xoshimiy, Mehdi Kianiy, Shahin Sag‘ibiy, Andranik Teymuryan, Ahmad Kamdar, Farshad Ahmadzoda, Edino, Fardin Abidiniy.

Foto manbasi: https://twitter.com/fcnasaf

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL, 1-tur. «Nasaf» o‘z maydonida «Traktorsozi»dan ustun keldi