18:33 / 26.02.2015
6 510

«Oq-tepa»: Ayrim futbolchilarga javob berildi

«Oq-tepa»: Ayrim futbolchilarga javob berildi

Yangi mavsumga jiddiy suratda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Oq-tepa" ertaga navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

Raqib oliy liga vakili “Navbahor” jamoasi bo‘ladi. Bellashuv 11:30da “Oq-tepa” stadionida start oladi.

Aytish kerak, so‘nggi kunlardagi mashg‘ulotlardan so‘ng bir necha futbolchilarga javob berildi. Xususan, amalda klub bilan shartnomasi bor Nodirbek Teshaboyev va Marat Qudratov yangi mavsumni “Oq-tepa”da o‘tkazmaydi.

Ular bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Qolaversa, ko‘rikda bo‘lgan Dilmuhammad Xudoyberdiev, Islom Ismoilov va Nikita Efremenkoga ham keyingi faoliyatiga omad tilangan holda do‘stona ruhda xayrlashildi. Bu futbolchilar boshqa klublarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oq-tepa»: Ayrim futbolchilarga javob berildi