23:27 / 02.03.2015
7 811

TOP-5. «Barselona»ning 10-raqam egalari

Har bir klubning buyuk raqami bo‘ladi. «Manchester Yunayted»da 7 raqam, «Real»da 9 raqam qanday ahamiyat kasb etsa, «Barselona»da 10 raqam ana shunday ahamiyatlidir. Zamin.uz sayti Kataloniyaliklarning buyuk 10 raqam egalaridan tuzilgan TOP-5 talikni sizga taqdim etadi. E’tiborli jihati ana shu 5 nafar futbolchining barchasi Janubiy Amerikaliklardir.
TOP-5. «Barselona»ning 10-raqam egalari

5. Diego Maradona
Pele bilan futbol qirolligi uchun talashadigan Maradona «Barselona»da 1982-1984 yillar mobaynida to‘p surgan. Bu davr ichida Diego 58 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 38 ta gol yozdirib qo‘yadi. 2 yil ichida 3 ta musobaga g‘olibligini qo‘lga kiritgan Maradona 1984-yilda 10,4 mln.evro evaziga «Napoli»ga o‘tib ketadi.

4. Romario
1000 tadan ortiq gol urgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadigan Romario Ktalon klubi tarkibida 1993-1995 yillarda harakat qilgan. U 2 yil ichida 65 o‘yin o‘tkazib, 39 gol kiritgan. Romarioning debyut mavsumi juda omadli chiqqan edi. Braziliyalik hujumchi 30 ta gol urib chempionlik bilan birga to‘purarlikni ham qo‘lga kiritgan. U jamoa bilan shuningdek Ispaniya superkubogida ham g‘olib chiqqan. 1994-yili esa «Oltin to‘p» bilan taqdirlangan.

3. Rivaldo
Rivaldo «Barsa»da 1997-2002 yillar ichida 235 uchrashuvda 130 ta gol urgan. U Kataloniyaliklar bilan 4 ta musobaqaning oltin medallariga sazovor bo‘ldi. Jumladan 2 bora Ispaniya chempionligini tantana qildi. 1999-yilda esa «Oltin to‘p» bilan taqdirlandi. Rivaldo klub tarixidagi 9-to‘purardir.

2. Ronaldino
Braziliyalik yarim himoyachi «Barselona» sharafini 2003-2008 yillarda himoya qilgan. Ronaldino bu davrda 234 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 94 ta gol yozdirib qo‘ygan. Yarim himoyachilar uchun ajoyib ko‘rsatkich! U jamoa bilan 5 yil ichida 5 ta musobaqada g‘olib bo‘ldi. Jumladan Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Ronaldino «Oltin to‘p» va Evropaning eng yaxshi futbolchisi kabi shaxsiy sovrinlarni ham qo‘lga kiritdi.

1. Messi
Ronaldino jamoadan ketgach «Barsa»ning 10 raqami Messiga tegdi. Leo bu raqamni to‘la to‘kis oqlab bo‘ldi. Argentinalik hujumchi 2004-yildan buyon 492 o‘yinda 402 ta gol kiritdi. 21 ta jamoaviy, 99 ta shaxsiy sovrinlar sohibiga aylandi. Jumladan 4 marta «Oltin to‘p»ga ega chiqib, bu borada mutloq rekord o‘rnatdi. Messi bu natijalarini hali yanada yaxshilashiga also shubxa yo‘q.

Yusupov Furqat

Manba: www.Furkat.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » TOP-5. «Barselona»ning 10-raqam egalari