12:15 / 06.03.2015
5 914

Ravshan Ermatov ketma-ket o‘ninchi marta O‘zbekistonning eng yaxshi hakamiga aylandi

Ravshan Ermatov ketma-ket o‘ninchi marta O‘zbekistonning eng yaxshi hakamiga aylandi

FIFA referisi Ravshan Ermatov ketma-ket o‘ninchi marta O‘zbekistonning eng yaxshi futbol hakami deb topildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

6 mart, juma kuni O‘FF qarorgohida 2014 yil yakunlariga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator nominasiyalar bo‘yicha 2014 yilning eng yaxshilari nomi e’lon qilindi.

Xususan, FIFA laynsmeni Abduhamidullo Rasulov 2014 yilning eng yaxshi qanot hakami deb topildi.

Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov 2006 yildan beri muntazam ravishda O‘zbekistonning eng yaxshi hakami deb topilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov ketma-ket o‘ninchi marta O‘zbekistonning eng yaxshi hakamiga aylandi