18:50 / 07.03.2015
6 146

“Real” yaqin ikki yil ichida Ronalduni sotib yuboradi

“Real” yaqin ikki yil ichida Ronalduni sotib yuboradi

Madridning “Real” jamoasi o‘zining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduni yaqin ikki yil ichida boshqa jamoaga sotib yuborishi mumkin. Bu haqda Sport xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, jamoa prezidenti Florentino Peres hali imkon borligida portugaliyalik bu futbolchini transfer qilish orqali pul ishlab olishni niyat qilgan.

Qayd etish joizki, Ronalduning yoshi 30dan oshdi va endi yildan yilga uning transfer bahosi pasaya boradi. Shuningdek, futbolchida doimiy ravishda jarohatlar olish xavfi mavjud. Bu esa, uning o‘yini pasayishiga ham sabab bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, uni sotish haqida jamoa rahbariyati bir qarorga kelib bo‘lgan. Uning transferi shu yil yozida yoki keyingi yilda amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Real” bilan 2018 yilgacha shartnoma tuzgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” yaqin ikki yil ichida Ronalduni sotib yuboradi