11:13 / 06.09.2016
6 117

Yigitlar, bugun yutmasangiz bo‘lmaydi!

Yigitlar, bugun yutmasangiz bo‘lmaydi!

Kechki payt... soat 21.00. Doha shahri...

U erda Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi boshlanadi. Bu oddiy o‘yin emas. Undagi natijaga ko‘z yumib keta olmaymiz. Bugun haqiqiy salohiyatimiz bilinadigan kun.

Shu munosabatimiz bilan biz terma jamoasi futbolchilariga murojaat qilmoqchimiz...

Yigitlar, bugungi o‘yinning qadrini bizdan ham yaxshi bilasiz. Oldimizda JCh-2018 chiptasi turibdi. Bizga uch ochko judayam zarur.

To‘g‘ri, qiyin bo‘ladi. Issiqda to‘p tepish oson ish emas. Ammo, futbol o‘ynashni siz o‘zingizga kasb qilib olgansiz va har qanday qiyinchiliklarga rozi bo‘lgansiz. Iltimos sizdan, e’tiborsizlik qilmang. Chunki, Qatar kichkina e’tiborsizlikdan gol yasay oladi. Bugun hakam ham ular tomonida bo‘lishi mumkin.

Biz bilamizki, sizning saviyangiz ularnikida yuqoriroq. Kim nima desa desin, lekin O‘zbekiston baribir Qatardan kuchliroq. Bunga shunga munosib bo‘ling.

Suriyaga qarshi o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqarasiz, degan umiddamiz. Bugunga o‘yinga xuddi finaldagi bahsdek munosabatda bo‘ling.

Agar Qatarni mag‘lubiyatga uchratilsa uyog‘i inersiya bilan ketadi, ishonavering. Ruhiy ustunlikka ega bo‘lish hislatini qaytarishingiz kerak.

Biz sizga ishonamiz! Yurtimizdagi futbol ishqibozlari sizdan g‘alaba kutmoqda.

Olg‘a, O‘zbekiston!

Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yigitlar, bugun yutmasangiz bo‘lmaydi!