20:03 / 07.03.2015
6 378

«Barselona» klubi «Real» o‘rinbosarlarida o‘ynagan futbolchini sotib olmoqchi

«Barselona» klubi «Real» o‘rinbosarlarida o‘ynagan futbolchini sotib olmoqchi

"Monako" himoyachisi Fabino faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Xabar qilinishicha, braziliyalik futbolchi bilan "Barselona" qiziqish bildirgan. Ammo kataloniyaliklar faqat 2016 yilda Fabinoning o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. FIFA tomonidan qo‘yilgan ta’qiq tufayli "Barselona" shunday yo‘l tutishga majbur.

Futbolchining transfer qiymati "Riu Avi" jamoasiga tegishli. Biroz vaqt muqaddam Fabino "Real" tomonidan ijaraga olingan, ammo asosiy jamoa safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan edi. Futbolchi o‘rinbosarlar jamoasi bo‘lgan "Kastilya"da faoliyat olib borgan.

Fabino joriy mavsumda 28 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritgan.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» klubi «Real» o‘rinbosarlarida o‘ynagan futbolchini sotib olmoqchi