12:59 / 07.09.2016
5 515

Doha maydonida samoga mag‘rur uzalgan qo‘llar...

Doha maydonida samoga mag‘rur uzalgan qo‘llar...

Yillar o‘tishi davomidagi harakat har qanday soha yoki kasbda eng zarur narsa – tajriba deya atalmush jihatni taqdim qilar ekan.

Arab jamoalariga qarshi futbol o‘ynash qiyindan-qiyin ekanligi haqida gapirishga ham hojat yo‘q. O‘tgan 25 yil davomida o‘sha yarim orol jamoalarini o‘ziga hos asablarimizni qaqshatadigan “taktika”siga qarshi bizning yigitlarimizda “ziddi taktika” ham shakllanibdi, qarang...

Bahs oldidan jahonning qaysidir “etuk mutaxassislari” Qatarning g‘alabasiga fol ochishdi. 2022 yil mundial o‘tkazishga taraddud ko‘rishni boshlagan mamlakatda haqiqiy futbol nafasi kezayotgani bor gap. Hal qiluvchi bosqichning ilk o‘yinida Eron termasiga alamli tarzda boy berilgan 3 ochko ham “jigarranglilar”ni faqat yutuq uchun maydonga tushishiga omil sanalardi. Agar ketma-ket ikki o‘yin boy berilsa qatarliklar uchun mundial yo‘li tumanga burkanayotganidan darak berishi esa o‘yinga yanada kuchli qiziqish uyg‘otdi. Yana uchrashuv o‘z maydoningda bo‘lib tursa...

Lekin, bizning yigitlarda o‘yinni yutish uchun boshqa motivasiya bor edi... Bu haqda tushuncha berib yozishni esa hojati bo‘lmasa kerak.

O‘yin asabiy boshlanib, keskinlik oshib borar, muxlislar tomonidan bosim ostida qolgan maydon egalari omadni hujumdan izlardi. Chap qanotdan zarbalar yomg‘iri-do‘li, biz ko‘p ham alqamaydigan Lobanovdan mohirona seyvlar ikkinchi bo‘limda o‘z so‘zini aytdi. Muxlislar besh yoshga “yosharishi”ni istaydigan Sasha Geynrix mahorat bobida hali navqiron ekanligini isbotlab to‘p uzatadi va Krimesning “omadli boshi”ga tekkan koptok darvoza to‘rini ichkarisidan hilpiratdi.

Yigitlar golni quvonib nishonlamadilar. Qo‘llar bir lahzaga osmonga uzaldi, xolos. Bu harakat ma’nosi ularning ko‘zlarida tindi.

Sport o‘zi shunday g‘alati narsa unda g‘alaba va muvaffaqiyatsizliklar ketma-ket o‘rin almashadi. Uning zamirida millat qudrati, oriyati va qadriyatlari aks etadi. Biz bu jihatlarga Rioda ham guvoh bo‘ldik.

Futbol ne o‘zi? degan savolga doim bir hil javob beraman. Futbol – juda ko‘plab insonlar qalb ko‘chasining eng to‘rida yashaydigan unsur...

Elmurod ERMATOV, Andijon

Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Doha maydonida samoga mag‘rur uzalgan qo‘llar...