O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti butun xalqimizni chuqur qayg‘uga soldi. Kuni kecha o‘zbekistonlik sportchilar Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 4ta oltin, 2ta kumush va 7ta bronza medallarini qo‘lga kiritib qaytganida xalqimiz juda quvongan edi. Olimpiada sovrindorlariga Prezident Farmoni bilan pul mukofotlari hamda Malibu avtomobili taqdim etildi. Biroq shunday quvonchli kunlarda sportchilarning qo‘lini siqib, farzandlarini g‘alaba bilan qutlash Prezident Islom Karimovga nasib etmadi. Aslida o‘zing ekkan niholning mevasini eyishdanda totli on yo‘q. Islom Karimov farzandlarining zafar quchganini ko‘rdi, to‘yni to‘yonasiz qo‘ymadi, biroq quvonch to‘la ko‘zlarni yoshlatib ketdi.
Xalqimiz boshiga tushgan og‘ir musibat Olimpiada sovrindorlarining kayfiyatiga ham ta’sir o‘tkazdi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri.
Fazliddin G‘oyibnazarov, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi:
– Prezidentimiz har bir chiqishida, nutqida yoshlarni o‘z farzandidek ko‘rishini aytib, Vatanni sevish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga da’vati qalbimizda yurtga sadoqat, mardlik, shijoat tuyg‘ularini jo‘sh urdirar edi.
Ana shu tuyg‘u meni XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, bayrog‘imizni baland ko‘tarishga, madhiyamizni ko‘z yosh bilan tinglashga undagan.
Prezidentimiz kamtarona yutug‘imni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirladi. Afsus, bu mukofotni o‘z qo‘llaridan olish nasib etmadi...
Biz Prezidentimiz Islom Karimovning nomini, xotirasini qalbimizda mangu saqlaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi