7 098
Paralimpiya o‘yinlari. Disk uloqtirish. Husniddin Norbekov jahon rekordini qayd etib, chempion bo‘ldi
Rio-de-Janeyro shahrida boshlangan Paralimpiadaning ilk kunida O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi oltin medallar soni 3taga etdi.
Engil atletikaning disk uloqtirish bahslarida (F37) ishtirok etgan Husniddin Norbekov ilk urinishda diskni 54,46 metrga uloqtirib, o‘zining shaxsiy rekordini yangilagan bo‘lsa, ikkinchi urinishda 59,75 metr masofani qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
Shu tariqa, u nafaqat paralimpiya o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi, balki ushbu yo‘nalishda jahon va olimpiya rekordlarini yangiladi. Musobaqada 12 nafar sportchi ishtirok etdi.
Dastlabki 3ta urinishdan keyin 4 nafar ishtirokini to‘xtatdi va 8 nafar sportchi 3 martadan urinishni amalga oshirishdi.
Kumush medal sohibiga aylangan litvalik Mindaugas Bilius 53,40 metr natijani qayd etdi. Bronza medal olgan xitoylik Xia Dong esa diskni 52,15 metr masofaga uloqtirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi