16:45 / 08.03.2015
6 003

«Lokomotiv» O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yinda «Paxtakor»ni 4:0 hisobida engdi

«Lokomotiv» O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yinda «Paxtakor»ni 4:0 hisobida engdi

Muhtasham "Bunyodkor" stadionida poytaxtning ikki grand klubi - "Paxtakor" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda "temiryo‘lchilar" yirik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan edi. Tomonlar navbati bilan hujum ushyutirishgan bo‘lsalar ham, hisob birinchi bo‘limning oxirlariga kelibgina ochildi.

Aniqrog‘i, 37-daqiqada Lutfulla To‘raev uzoq masofadan darvoza tomonidan kuchli zarba yo‘lladi. Lobanov esa bu zarba oldida butunlay ojiz edi, u to‘pni tomoshabin sifatida kuzatib qoldi...

Ikkinchi bo‘lim ham "Lokomotiv"ning hujumlari bilan boshlandi. Bu esa ko‘p o‘tmay o‘z samarasini berdi. Belgilangan jarima zarbasini Lutfulla To‘raev ajoyib tarzda jarima maydoniga uzatdi. Bu erda esa Temurxo‘ja Abduxoliqov himoyachidan chaqqonroq harakat qilib, darvozani ishg‘ol etdi. Temurxo‘ja sobiq jamoasi darvozasiga urgan golini nishonlamaganini ham alohida e’tirof etish joiz.

Ikkinchi gol Vadim Abramov shogirdlarining ruhini ko‘tarib yubordi va tez orada uchinchi golni ham kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Abduxoliqovning zargarona uzatmasidan so‘ng "Loko"ning rossiyalik legioneri Koryan darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi. Lobanov esa uni qo‘pollik evaziga to‘xtatib qoldi va Ermatov 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini Ruslanning o‘zi ishonchli tarzda golga aylantirdi.

O‘yinning qolgan daqiqalarida "Paxtakor" futbolchilari vaziyatni o‘nglash uchun oldinga tashlanishdi. Bir qator xavfli hujumlar tashkil etilgan bo‘lsada, to‘p bugun "Lokomotiv" darvozasiga kirishni istamadi.

Aksincha, hujumga berilib ketgan Babayan shogirdlarini Marat Bekmaev gol bilan jazoladi va hisobni sharmandali ko‘rinishga olib keldi. Bu vaziyatda Jasur Hasanov chap qanotdan to‘pni bo‘sh qolgan Bikmaevga aniq etkazib berdi. Marat esa bunday vaziyatda nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. 4:0

Shu tariqa, "Lokomotiv" o‘z tarixida ilk bor mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa muxlislarini ushbu sovrin bilan muborakbod etamiz!

O‘zbekiston Superkubogi.
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 0:4

Gollar: Lutfulla To‘raev 37, Temurxo‘ja Abduxoliqov 48, Ruslan Koryan 55 Marat Bikmaev 89
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimes, Oraxovas, Hoshimov, Kozak (Karimov), Maxaradze (s), Andreev, (Masharipov 58) Iskanderov, Sergeev, Alimov .
"Lokomotiv": Ikromov, Mustafoyev, To‘xtaxo‘jaev, Yanichich, Kapadze, (Hasanov) To‘raev, Mirzaev, Zoteev, Hasanov (kichik), (Mullajonov 59) T.Abduxoliqov, R.Koryan (M. Bikmaev78).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» O‘zbekiston Superkubogi uchun o‘yinda «Paxtakor»ni 4:0 hisobida engdi