18:34 / 11.09.2016
5 855

Shotlandiyalik darvozabon 1 bo‘lim davomida 3 marta penalti qaytardi

Shotlandiyalik darvozabon 1 bo‘lim davomida 3 marta penalti qaytardi

«Dandi Yunayted» jamoasi darvozaboni Kemmi Bell Shotlandiya chempionshipi doirasida «Danfermlayn» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda 23 daqiqa ichida 3 marta o‘z darvozasiga yo‘llangan penalti zarbalarini qaytardi.

9-daqiqada Bell Gevin Raylining, 27-daqiqada Niki Klarkning, 5 daqiqa o‘tib esa Pol Makmallanning zarbalarini bartaraf etgan.

Natijada «Dandi Yunayted» ushbu uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Shotlandiya ikkinchi divizioni hisoblanadigan ushbu chempionatning 5 turidan keyin «Dandi» 8 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. O‘tgan mavsum yakuniga jamoa Shotlandiya Premer-ligasidan tushib ketgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shotlandiyalik darvozabon 1 bo‘lim davomida 3 marta penalti qaytardi