5 630
Xose Mariya Mendez: O‘zbekiston guruhdan chiqish masalasini allaqachon hal qilishi kerak edi
Kolumbiyada futzal bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichi, 3-turi doirasida Portugaliyaga qarshi kechadigan bahs oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Portugaliya dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo bizning yo‘qotadigan narsamiz yo‘q. Ertaga Kolumbiya bilan kechgan uchrashuvdagidek harakat qilishimiz lozim.
Biz Rikardinoga qarshi alohida taktika qo‘llamaymiz. Biz butun Portugaliya termasiga e’tibor qaratamiz. Bunday taktikani biz Kolumbiyaga qarshi ham ishlatgan edik.
O‘zbekiston keyingi bosqich masalasini allaqachon hal qilishi kerak edi. Panamadan uchragan mag‘lubiyat ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. Nima bo‘lganda ham, biz keyingi bosqich uchun kurashishga tayyormiz, - deydi murabbiy.
Manba: www.fut.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!