Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Fazliddin G‘oibnazarov va kumush medal sohibi Bektemir Meliqo‘zievning restoranlardan birida tushgan surati bir necha kundirki ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Suratda Fazliddin va Bektemirning yonida ikki qiz turganini ko‘rish mumkin. Ularning kimligi ommaga ma’lum emas va bu suratda tanqid qilishga arzigulik holat yo‘q. Biroq ayrim bloger va tirnoq ichidan kir qidiradiganlar suratni ommalashtirib, Olimpiada sovrindorlarini asossiz tanqid qilib chiqdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. Ularga nisbatan Fazliddin G‘oibnazarov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali javob qaytardi.
“Assalomu alaykum, azizlar. Barchangizga qo‘llab-quvvatlab, ko‘rsatgan e’tiboringiz uchun katta rahmat. Kuni kecha muxlislar bilan tushgan suratimizni o‘z bilganicha talqin qilgan insonlarga qarata aytmoqchiman: Yaratganga behisob shukrki, ikki shirindan-shakar farzandim va sevib uylangan ayolim bor. Ular men uchun juda aziz. Siz bunday gaplar aytishdan oldin, o‘zganing shaxsiy hayotining shu jihatlarini mulohaza qilib ko‘rishingizni iltimos qilardim. Ollohga shukr, davlatimiz, xalqimiz qo‘llab-quvatlab turgani uchun chempion bo‘ldik. Biz o‘zimizdan ketib qolganimiz yo‘qki, suratga tushishni so‘ragan kishilarga rad javobi bermadik. Suratga tushishni istagan insonlarning barchasiga, akamiz, ukamiz, opamiz va singlimiz kabi qaraymiz. Albatta, siz qilayotgan gumonlar, sizning boshingizga kelayotgan xayollar hayotdan yiroq”, deb yazadi G‘oibnazarov.
Hozircha Bektemir Meliqo‘ziev mazkur suratlar bilan bog‘liq tanqidlarga javob qaytarganicha yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Timur Kapadze: Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan