Kecha "Ulsan Xyonde" safida ilk o‘yinidayoq o‘z hisobiga gol yozib qo‘ygan hamyurtimiz Server Jeparov doimgi saltolarini ijro etmadi. Server o‘yindan keyin koreys OAVlariga buni quyidagicha izohladi:
"Seul mening Koreyadagi ilk jamoam. U erda ajoyib mavsum o‘tkazganman. Seulliklar muxlislari mening umrbod qalbimda qoladi. Shuning uchun "Seul"ga gol ursam uni nishonlamaslikka ahd qilganman".
O‘tgan ikki mavsumni Server Janubiy Koreyaning boshqa klubi "Seongnam"da o‘tkazdi. Koreys jurnalistining: "Demak, "Seongnam"ga ham gol ursangiz nishonlamaysizmi?", degan savoliga esa hamyurtimiz kulimsirab quyidagicha javob qaytargan: "Avvalo, gol urib olay. Agar gol ursam salto bilan nishonlayman".
Koreys matbuoti Serverning bu javobini o‘tgan mavsumning qoq yarmigacha zaxiraga mixlab qo‘ygani uchun seongnamliklar rahbariyatidan xafa bo‘lganlikka yo‘ydi. Bu xabar koreys OAVlarida e’lon qilingach, "Seongnam" klubining Tvitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi: "Atigi 1 mavsumgina to‘p tepgan "Seul" klubi muxlislari maqtovga loyig‘u 2 mavsum bizning safimizda bo‘lib, seongnamliklarga hurmat bajo qilish shumi?", deya yozg‘irgan.
"Ulsan" va "Seongnam" jamoalari 16 may kuni Seongnam shahrida to‘qnashishadi.
Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul
Janubiy Koreya, Seul
Manba: www.stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi