22:38 / 19.09.2016
7 002

O‘zbekiston o‘smirlari kurash bo‘yicha JChda ikki medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston o‘smirlari kurash bo‘yicha JChda ikki medalni qo‘lga kiritdi

13−18 sentyabr kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida erkin, ayollar va yunon-rum kurashi bo‘yicha 17 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekistonning 17 kishidan iborat sport delegasiyasi yakka kurashlarning barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi. Olti kun davom etgan bahslar yakuniga ko‘ra, milliy terma vakillari yunon-rum kurashi bo‘yicha bir kumush va bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb yozmoqda "Gazeta.uz" nashri.


42 kilogramgacha vazn toifasida Ixtiyor Botirov chorak finalda eronlik Xusayn Aramiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, «bronza» uchun kechgan bahsda turkiyalik Burak Uzundan ustun keldi — 3:1.

Elbek Ergashev (-46 kg) esa finalda Ozarbayjon vakili Fail Iskandarovga 12:3 hisobiga mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal bilan kifoyalandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston o‘smirlari kurash bo‘yicha JChda ikki medalni qo‘lga kiritdi