14:49 / 20.09.2016
5 835

43 ta gol o‘tkazib yuborgan darvozabon hibsga olindi

43 ta gol o‘tkazib yuborgan darvozabon hibsga olindi

Germaniya polisiyasi «Fonderot» jamoasi darvozabonini «Oberxauzen»ga qarshi o‘yindan keyin hibsga oldi. Bu haqda Express xabar berdi.

Mazkur o‘yinda «Fonderot» jamoasi raqibiga 0:43 hisobida imkoniyatni boy bergan. Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘yindan bir necha kun o‘tib polisiya xodimlari to‘rtta mashinada klub qarorgohiga tashrif buyurishgan hamda mashg‘ulotda ishlayotgan darvozabon bilan gaplashgan. Shundan keyin u mashinaga o‘tirib, polisiya bilan jo‘nab ketgan.

Hozirda uning qachon hibsdan ozod qilinishi ma’lum emas. «Fonderot» klubi Germaniya chempionatining 7-divizionida ishtirok etadi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 43 ta gol o‘tkazib yuborgan darvozabon hibsga olindi