08:56 / 21.09.2016
6 933

Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari qay tartibda mukofotlanishi ma’lum bo‘ldi

Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari qay tartibda mukofotlanishi ma’lum bo‘ldi

Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi imzolangan. Bu haqda O‘zbekiston televideniesi orqali ma’lum qilindi, deyiladi "Kun" nashrida.

Unga ko‘ra, oltin medal olgan paralimpiyachilarga 200 ming dollar, kumush medal olgan paralimpiyachilarga 100 ming dollar, bronza medal olgan sportchilarga esa 75 ming dollar miqdoridagi pul mukofotlari tayinlangan.

Pul mukofotlarini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSh dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisob raqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.

Farmoyishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlab, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgaliqda ajratilgan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha belgilangan tartibda konvertasiya qilishi belgilangan.

Shuningdek, sportchilarga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Olimpiyachilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan sotib olingan “Malibu” markali yengil avtomobillari topshiriladi.

Ushbu farmoyish asosida jismoniy shaxslarga berilgan yengil avtomobillar qiymatiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

XV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston hisobiga medallar olib kelgan barcha sportchilar ro‘yxati:

Oltin medallar:
1. Sherzod Namozov - dzyudo (60 kg);
2. O‘tkirjon Nigmatov - dzyudo (66 kg);
3. Husniddin Norbekov - disk uloqtirish;
4. Odil Tulindebaev - dzyudo (100+ kg.);
5. Fotimaxon Amilova - brass usulida suzish (100 m.);
6. Firdavsbek Musabekov - brass usulida suzish (100 m.);
7. Aleksandr Svechnikov - nayza uloqtirish;
8. Nozimaxon Qayumova - nayza uloqtirish.

Kumush medallar:
1. Kirill Pankov - batterflyay usulida suzish (100 m.);
2. Muslima Odilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Xaytjon Alimova - dzyudo (70+ kg.);
4. Fotimaxon Amilova - kompleks usulda suzish (200 m.);
5. Sofiya Burxonova - yadro uloqtirish;
6. Muslima Odilova - erkin usulda suzish (50 m.).

Bronza medallar:
1. Sevinch Salaeva - dzyudo (62 kg);
2. Muzaffar Tursunxo‘jaev - batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Fotimaxon Amilova - batterflyay usulida suzish (100 m.);
4. Tursunposhsha Nurmatova - dzyudo (63 kg.);
5. Feruz Sayidov - dzyudo (73 kg.);
6. Server Ibragimov - pistoletda 10 m.ga o‘q otish;
7. Shirin Sharipov - dzyudo (100 kg.);
8. Shuxrat Boboyev - dzyudo (90 kg.);
9. Gulruh Rahimova - dzyudo (70 kg.);
10. Shohsanam Toshpo‘latova - kompleks usulda suzish (200 m.);
11. Doniyor Soliev - uzunlikka sakrash;
12. Ahror Bozorov - paurlifting (80 kg.);
13. Dmitriy Xorlin - erkin usulda suzish (400 m.);
14. O‘zbekiston jamoasi - 4x100 metrga yugurish bo‘yicha jamoaviy estafeta;
15. Husniddin Norbekov - yadro uloqtirish;
16. Muzaffar Tursunxo‘jaev - erkin usulda suzish (50 m.);
17. Shohsanam Toshpo‘latova - erkin usulda suzish (50 m.).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari qay tartibda mukofotlanishi ma’lum bo‘ldi