12:01 / 23.09.2016
5 845

Anchelotti: Bekkenbauer futbol klubiga nima kerakligini Peresdan ko‘ra yaxshi biladi

Anchelotti: Bekkenbauer futbol klubiga nima kerakligini Peresdan ko‘ra yaxshi biladi

«Real» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti madridliklar klubi prezidenti Florentino Peres va Myunxenning «Bavariya» jamoasi prezidenti Frans Bekkenbauerning boshqaruv uslublarini solishtirdi hamda ayni vaqtda «qaymoqranglilar» jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib turgan Zaynidin Zidanni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

«Bavariya» va «Real» jamoalari orasidagi farqmi? Bu klublar bir-biriga o‘xshab ketadi. Ammo, farq shunda bo‘lishi mumkinki, «Bavariya»ni sobiq futbolchi boshqarmoqda va u klubga nima kerakligini yaxshiroq tushunadi.

Zidanmi? U xarizmatik inson, futbolchilar uni qattiq hurmat qilishadi. Men buni u menga yordamchilik qilgan yillarda anglaganman va bu muvaffaqiyatimizning bir omili bo‘lgandi. Futbolchilarda Benites bilan munosabatlarda muammo bor edi, Zidan keldi va barchasi iziga tushdi. Futbolchilar Zidanni to‘la qo‘llab-quvvatlashadi», — deya Anchelottining so‘zlarini keltirgan Sport nashri.

Manba: Tribuna.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti: Bekkenbauer futbol klubiga nima kerakligini Peresdan ko‘ra yaxshi biladi