12:02 / 25.09.2016
5 984

Farg‘onada paralimpiyachilarni kutib olish marosimi o‘tkazildi

Farg‘onada paralimpiyachilarni kutib olish marosimi o‘tkazildi

Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi XV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi safida Farg‘ona viloyatidan 2 nafar sportchi ishtirok etdi. Sportchilarni Farg‘ona viloyati yoshlari munosib kutib oldi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

Engil atletika bo‘yicha ikkita bronza medalga egalik qilgan Doniyor Soliev hamda yadro uloqtirish bo‘yicha olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan Dilafruz Ahmatxonovani kutib olish marosimi Farg‘ona olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda yuqori o‘rinlarni egallagan sportchilar orasida Farg‘ona viloyati yoshlari borligi alohida qayd etib o‘tildi.

Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi Ma’ruf Turdimatov viloyat hokimligi nomidan g‘oliblarni yana bir bor tabrikladi hamda qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.

"Biz Rioga jo‘nashdan oldin o‘z oldimizga g‘alaba bilan qaytishni maqsad qilib oldik. Terma jamoamizning har bir a’zosi g‘oliblik uchun bor kuchini, shijoatini, g‘ayratini sarf qildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning bizga bo‘lgan ishonchini oqladik degan umiddaman. Ularning bizga bo‘lgan e’tibori, yaratib bergan shahroitlari yutuqlarimizning asosi bo‘ldi", - deydi yengil atletika bo‘yicha ikkita bronza medal egasi Doniyor Soliev.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchilar Paralimpiya o‘yinlarining 31 medalini (8ta oltin, 6ta kumush, 17ta bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 200ga yaqin ishtirokchi davlatlar orasida 16-o‘rinni, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 1-o‘rinni, MDH davlatlari o‘rtasida 2-o‘rinni (1-o‘rin Ukraina), Osiyo davlatlari o‘rtasida 2-o‘rinni (1-o‘rin Xitoy) qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston vakillari turnir davomida 6ta jahon, 7ta Paralimpiya o‘yinlari, 12ta Osiyo rekordini o‘rnatishdi.












arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Farg‘onada paralimpiyachilarni kutib olish marosimi o‘tkazildi