17:52 / 04.10.2016
6 538

Eron O‘zbekistonga qarshi tarkibini ma’lum qildi

Eron O‘zbekistonga qarshi tarkibini ma’lum qildi

Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun Eron milliy terma jamoasi yakuniy tarkibini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federasiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasida “A” guruhidan o‘rin olgan Eron o‘zining navbatdagi uchrashuvini 6 oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 11 oktyabrda esa o‘z maydonida Janubiy Koreyani qabul qiladi.

Ushbu o‘yinlar uchun tarkibni ma’lum qilgan Karlush Keyrush, ushbu o‘yinlar oldidan qisqacha mulohaza bildirib o‘tdi.

“O‘z ishimizni qilishda davom etamiz. Hozir imkonsizdek ko‘ringan narsalarni amalga oshirishning ayni payti. Braziliyada o‘tkazilgan Jahon Chempionatdagi ishtirokimizdan keyin, ketma-ket ikkinchi bor bu baxtga erishish uchun kurashga kirishamiz. Biz kuchli raqiblar bilan bahs olib boramiz. Bizni bu uchrashuvlarda a’lo darajada qo‘llab quvvatlashning payti keldi. Futbolchilar va muxlislarga eng ezgu tilaklarimni tilayman”.

Eron terma jamoasining O‘zbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi.

Darvozabonlar: Alirizo Haqiqiy (“Maritimo”, Portugaliya), Alirizo Biyronvand (“Persepolis”, Eron), Muhammadrizo Axboriy (“Traktorsoziy”, Eron).

Himoyachilar: Vuriya G‘ofuriy (“Istiqlol”, Eron), Ramin Rizoiyon (“Persepolis”, Eron), Milod Muhammadiy (“Terek”, Rossiya), Sayid Og‘oiy (“Traktorsoziy”, Eron), Jalol Hussayniy (“Persepolis”, Eron), Murtazo Puraliganjiy (“As Sadd”, Qatar), Muhammad Ansoriy (“Persepolis”, Eron), Izzatillo Purg‘oz (“Istiqlol Xuziston”, Eron),

Yarim himoyachilar: Ehson Hojisafi (“Sepohon”, Eron), Umid Ibrohimiy (“Istiqlol”, Eron), Sayid Izzatullohiy (“Rostov”, Rossiya), Andronik Teymuryan (“Moshinasoziy”, Eron), Mehdi Turobiy (“Saypa”, Eron), Alirizo Jahonbaxsh (“AZ-Alkmaar”, Niderlandiya), Vohid Amiriy (“Persepolis”, Eron), Mehdi Torimiy (“Rizaspor”, Turkiya), Ashkan Dejaga (“Al-Arabiy”, Qatar), Ma’sud Sho‘jaiy (“Panionios”, Gresiya), So‘rush Rafeiy (“Traktorsoziy”, Eron)

Hujumchilar: Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya), Karim Ansorifard (Panionios, Gresiya), Rizo G‘uchannajod (“Herenven”, Niderlandiya)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron O‘zbekistonga qarshi tarkibini ma’lum qildi