23:24 / 07.10.2016
5 640

Ispaniya soliq xizmati Neymarning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda

Ispaniya soliq xizmati Neymarning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda

Ispaniya soliq xizmati Neymarning Braziliyaning «Santos» klubidan Ispaniyaning «Barselona» klubiga o‘tishi bilan bog‘liq ishni qayta ko‘rib chiqish uchun sudga arznoma topshirdi. Ayblovchi tomon futbolchi, uning otasi hamda ko‘k-anorranglilar jamoasining sobiq prezidenti Sandro Roselni firibgarlik va korrupsiyada ayblab, ularning javobgarlikka tortilishini istamoqda. Bu haqda "Sport.es" ga asoslanib "Kun" xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, sud shu yilning iyulida bu ishni jinoyat alomatlari sezilmagani va etarli dalillar bo‘lmagani uchun yopgandi.

Soliqchilarning iddao qilishicha, har ikkala tomon Neymarning transfer narxini pasaytirib ko‘rsatgan va 13 million evrodan ko‘proq mablag‘ni yashirib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yilda «Barselona»ga 57,1 mln evro evaziga transfer qilingandi. Ispaniyalik prokurorlarning hisoblashicha, aslidas futbolchining transfer qiymati 100 million evrodan ortiqroq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya soliq xizmati Neymarning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda