12:54 / 09.10.2016
6 826

Neymar «Barselona» bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytiradi, transfer narxi - 250 million evro

Neymar «Barselona» bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytiradi, transfer narxi - 250 million evro

«Barselona» rahbariyati yaqin vaqtlar ichida hujumchi Neymarning shartnomasini yangilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.

Kataloniyaliklar Neymarga yangi shartnoma muddati 2021 yilga qadar davom etishini ma’lum qilishgan. Ammo hozircha bu borada rasmiy hujjat imzolangani yo‘q.

Imzolash marosimi kelasi hafta bo‘lib o‘tishi lozim. Unga ko‘ra Neymarning maoshi oshirilgan.

Boz ustiga yangi shartnomaga ko‘ra Neymarning transfer qiymati ham oshadi. U 2016/17 yilgi mavsumda 200 million evro, 2017/18 yilgi mavsumda esa 222 million evro evaziga jamoadan ketishi mumkin. Keyinchalik esa Neymarning narhi yana-da oshadi va 250 million evroni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar «Barselona» bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytiradi, transfer narxi - 250 million evro