13:46 / 13.10.2016
5 720

FIFA reytingi: O‘zbekiston tarixdagi eng yaxshi natijasi sari odim tashladi

FIFA reytingi: O‘zbekiston tarixdagi eng yaxshi natijasi sari odim tashladi

O‘zbekiston termasi Xalqaro futbol federasiyasining yangilangan reytingida o‘z pozisiyasini yaxshilaydi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ning yangilangan reytingida hozirda egallab turgan 49-pog‘onadan uch punktga ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda "gazeta.uz" nashri.

Jahon chempionati-2018 Osiyo saralash bosqichi uchinchi raundi doirasida Samvel Babayan jamoasi Suriya, Qatar va Xitoy ustidan g‘alaba qozonib, faqatgina Erondan mag‘lubiyatga uchradi.

Football Rankings ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 617 ochko bilan taxminan 46-o‘rinni egallaydi va milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshidan keyingi natijani qayd etadi. 2006 yil noyabrida eng yuqori natija — 45-o‘rin egallangan edi. Mazkur natija bilan Osiyo futbol konfederasiyasi a’zolari orasida Avstraliya (37-o‘rin), Eron (39-o‘rin) va Janubiy Koreyadan (44-o‘rin) keyingi to‘rtinchi pog‘onani band etadi.

Hisob-kitoblar Elo Ratings reyting tizimi orqali amalga oshirilib, unda g‘alabalar marjasi, uchrashuv muhimligi, uy maydonida o‘ynalgani va boshqa turli xil o‘zgaruvchan masalalar inobatga olinadi. Biroq bu milliy terma jamoalar reytingini aniqlashning norasmiy tizimi bo‘lib, ayrim o‘zgarishlar qayd etilishi ehtimoldan yiroq emas.

20 oktyabrda FIFA tomonidan yangilanadigan rasmiy reytingda O‘zbekiston Rossiyadan o‘zib ketishi aniq. JCh-2018 mezboni 52-o‘rinni egallab, o‘z tarixidagi eng yomon natijani qayd etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA reytingi: O‘zbekiston tarixdagi eng yaxshi natijasi sari odim tashladi