O‘zbekiston sambochilari Ruminiyada o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon birinchiligida muvaffaqiyatli qatnashdi.
7−9 oktyabr kunlari Ruminiyaning Ploeshti shahrida o‘smir yigit va qizlar (17−18 yosh) hamda 19−20 yoshli yigit-qizlar (yunior) o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada dunyoning 32 mamlakatidan 374 nafar sportchi ishtirok etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston sambo federasiyasi «Gazeta.uz"ga.
25 sambochi bilan 6 medal — 2 oltin, 3 kumush va 11 bronza medalini jamg‘argan milliy terma jamoa umumiy hisobda Rossiya va Gruzidan keyingi uchinchi o‘rinni band etdi.
Ubaydullo Mo‘minov (60 kg, o‘smir) va Fazliddin Xolmatov (68 kg, yunior) musobaqa shohsupasining eng yuqori pog‘onasini band etdi.
Shahzod Tagiev (57 kg, yunior), Mironshoh Sultonov (74 kg, yunior) va Klara Darmenbaeva (60 kg, qizlar) kumush medal sohiblariga aylandi.
Botir Azamov (56 kg, o‘smir), Jasur Sodiqov (81 kg, o‘smir), Ulug‘bek Mamajonov (48 kg, yunior), Avazbek Abdujalilov (52 kg, yunior), Elyor Xojimamatov (82 kg, yunior), Parviz Halimov (100 kg, yunior), Madina Turg‘unboyeva (44 kg, qizlar), Xojinsa Komoldinova (65 kg, qizlar), Nilufar Rahmonova (48 kg, yunior), Irina Kulakova (64 kg, yunior), Sojida Savrieva (+80 kg, yunior) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Roman Shakirov — sambo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda