11:17 / 09.11.2016
5 540

Beyl oltinchi marta Uelsda yil o‘yinchisi bo‘ldi

Beyl oltinchi marta Uelsda yil o‘yinchisi bo‘ldi

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl Ulsda yilning eng yaxshi o‘yinchisi nomini qo‘lga kiritdi. Beyl bu nomga qatorasiga 4-marta va oxirgi 7 yilda oltinchi marta erishmoqda.

Beyl 2016 yilda «Real» bilan chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi va Uels terma jamoasi bilan Evro-2016 yarimfinaliga chiqdi.

«Uelsning yil o‘yinchisi bo‘lish - men uchun katta sharaf. Hammaga katta rahmat» , deb yozdi Beyl o‘z tvitterida.

Ma’lumot uchun, «Stok Siti» yarim himoyachisi Jo Allen bu mukofotga 2 marta ega chiqqan. G‘olib futbolchilar va muxlislar ovoz berishi orqali aniqlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Beyl oltinchi marta Uelsda yil o‘yinchisi bo‘ldi