11:18 / 09.11.2016
5 906

Xorvatiyada qatorasiga xet-trik qayd etish bo‘yicha dunyo rekordi o‘rnatildi

Xorvatiyada qatorasiga xet-trik qayd etish bo‘yicha dunyo rekordi o‘rnatildi

Xorvatiyaning «Drachise Djyakovo» jamoasi hujumchisi Stepan Luchyanich qatorasiga xet-trik qilish bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi.

Xorvatiya chempionatining 3-divizioni vakili «Zrinski Drene»ga qarshi o‘yindagi xet-trik ushbu futbolchi uchun ketma-ket 5 uchrashuvda uchtadan gol urishi bo‘ldi.

Shu tariqa, Luchyanich Yaponiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Masasiji Nakayama o‘rnatgan rekordni yangiladi. Yapon futbolchisi 18 yil muqaddam qatorasiga 4 uchrashuvda xet-trik qayd etgandi.

Luchyanich «Drachise Djyakovo»da klub rekordini o‘rnatgan — u mavsum boshidagi o‘yinlardan birida 6ta gol urgan va jamoa tarixidagi rekordni qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorvatiyada qatorasiga xet-trik qayd etish bo‘yicha dunyo rekordi o‘rnatildi