01:24 / 12.11.2016
5 651

Ronaldu Goal nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Ronaldu Goal nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Goal internet-nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilgi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

31 yoshli portulagiyalik 50 nafar eng yaxshi o‘yinchilar ro‘yxatida "Barselona" hujumchisi Lionel Messini ortda qoldirdi. Messi esa 4-o‘ringa loyiq deb topildi. Argentinalik futbolchi mukofotga asos solingan 2008 yildan beri kuchli uchlik tashqarisida qolib kelmoqda. Ronaldu "Goal 50" mukofotini faoliyatida 4-marotaba olmoqda.

Ushbu ro‘yxatda 2-o‘rinni "Barsa" hujumchisi Luis Suares, 3-o‘rinni "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann egalladi. Kuchli beshlikka, shuningdek, "Real"ning yana bir hujumchisi Garet Beyl ham kiritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Goal nashri talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi