Ispaniyadagi nashrlarda «Barselona» hujumchisi Lionel Messi jamoa bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emasligi haqidagi xabarlar butun dunyo jamoatchiligi e’tiborini o‘ziga tortdi. Bu xabarga Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, «albiseleste»ni 1978 yilda jahon chempioniga aylantirgan Sesar Luis Menotti ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Men Messiga yangi klub qidirmasdan, «Barselona»da baxtiyor bo‘lishda davom etishni maslahat qilaman. Messi va «Barselona» futbolda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, unga boshqacha futbol falsafasi to‘g‘ri kelishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Men Messi o‘zini bundan ham yaxshiroq his qilishi mumkin bo‘lgan boshqa joyni ko‘rmayapman», — deya Menottining so‘zlarini keltirgan Catalunya Ràdio.
Bundan oldinroq Messining atrofidagi manbalar uning jamoa bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni inkor etib chiqdi. Keyinroq u jamoa bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni Yangi yildan keyin boshlashi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi