10:24 / 28.11.2016
5 185

Mourinoga diskvalifikasiya tahdid solmoqda

Mourinoga diskvalifikasiya tahdid solmoqda

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.

U Angliya chempionati 13-turida «Vest Hem Yunayted»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida qizil kartochka olib maydonni tark etgan edi.

Telegraph nashrining yozishicha, endilikda, bosh murabbiy o‘zini munosib tuta olmagani uchun ikki o‘yinga chetlashtirilishi mumkin.

Portugaliyalik mutaxassis o‘yin bosh hakami Jonatan Mossning qaroriga norozilik bildirgani sababli qizil kartochka bilan siylangan edi. Moss keskin kurashlar bilan kechayotgan bahsning 27-daqiqasida simulyasiya uchun Pol Pogbaga sariq kartochka ko‘rsatganiga javoban qiziqqonlik qilgan Mourino suv idishni tepib, yordamchi hakamga o‘z noroziligini bildirdi.

Shundan so‘ng, Moss bosh mutaxassisni o‘yinni tribunadan kuzatishi uchun maydondan chetlatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinoga diskvalifikasiya tahdid solmoqda