7 026
Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi prezidenti lavozimiga yagona nomzod bo‘lib turibdi
Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi (BBGF)ning amaldagi prezidenti, ushbu sport turi bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova tashkilot prezidentligiga yagona nomzod bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda «Daryo».
Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i hisoblangan Irina Viner-Usmonovaning nomzodini federasiyaning barcha hududlardagi vakillari qo‘llab-quvvatladi.
BBGFning Novogorsk shahrida start oladigan konferensiyaning kun tartibida tashkilot prezidentining 2013–2016 yillar uchun hisoboti, BBGFning prezidenti, ijrochi direktori, vise-prezidenti va federasiya Ijroqo‘mi saylovi o‘rin olgan.
Irina Viner-Usmonova 1992 yildan Olimpiya tayyorlash markazi bosh murabbiyi, 2001 yildan badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Viner-Usmonova 2008 yili BBGF prezidenti etib saylangandi.
Qayd etish joiz, 27 noyabr, yakshanba kuni Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federasiyasi rahbarligiga qayta saylangani haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi