16:33 / 28.11.2016
5 393

Oliy liga-2017da ishtirok etadigan so‘nggi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Oliy liga-2017da ishtirok etadigan so‘nggi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Oliy ligada 15-o‘rinni egallagan Namanganning «Navbahor» va Birinchi ligada 2-o‘rinni egallagan viloyatning yana bir jamoasi «Norin» jamoalir o‘rtasida Oliy liganing 2017 yilgi mavsumida ishtirok etish huquqini beruvchi o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda, qor bilan qoplangan og‘ir sharoitdagi maydonda kechgan uchrashuvda «navbahor»chilar o‘yinning deyarli butun qismini bitta kam bo‘lib o‘tkazishlariga qaramay g‘alaba qozonishdi va kelgusi yili ham yuqori ligada ishtirok etadigan bo‘ldi.

23-daqiqada Isoqjonov, 30 va 85 daqiqalarda Alisher Mahmudov tomonidan kiritilgan gollarga «Norin» hujumchisi Shohrux Dostonov 36-daqiqada bir martagina javob qaytara oldi xolos. Natijada «Navbahor» kelasi mavsumda ham Oliy ligada ishtirok etadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy liga tashkil etilganidan buyon «Navbahor» klubi hali biror marta quyi ligaga tushib ketmagan.

O‘tish o‘yini

Navbahor – Norin – 3:1 (2:1)
Gollar: Islombek Isoqjonov (23), Alisher Mahmudov (30, 85) - Shohruh Dostonov (36)

«Navbahor»: Artur Parvanov, Dilshod Jabborov, Alisher Mahmudov, A’zam Aliev, Ilhom Boydedaev, Qahramon Mahamadjonov, Islombek Isoqjonov (Vladislav Aleksin, 89), Tohir Shamsitdinov, Abdumalik Abdullaev (Shohjahon Abbosov, 87), Azizbek Mamazoitov, Ruslan Vagapov (G‘ayrat Jo‘raev, 46).
«Norin»: Eldor Isaboyev, Farruh Nurliboyev, Rustam A’zamov, Sarvar Safarov, Ahror Umarjonov (Fayzullo Jumanqo‘ziev, 84), Shohruh Dostonov, Shoirbek Ro‘ziev (Doston Ibrohimov, 57), Umarbek To‘xtasinov, Eldor Ergashev, Javlon Iskandarov, Sanjar To‘raqulov.

Chetlatishlar: Ilhom Boydedaev (17) - Sarvarbek Safarov (89).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oliy liga-2017da ishtirok etadigan so‘nggi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi