14:57 / 30.11.2016
5 499

«Lokomotiv» «Nasaf»ni mag‘lub etdi va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi

«Lokomotiv» «Nasaf»ni mag‘lub etdi va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Kubogida final bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv taqdirini Temurxo‘ja Abduholiqov tomonidan 2-daqiqada kiritilgan tezkor gol hal qildi.

"Nasaf" darvozaboni Eldorbek Suyunov uzoqdan yo‘llangan zarbani bartaraf etishda o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va Temurxo‘ja Abduholiqov himoyachilardan ko‘ra chaqqonroq harakat qilib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng birinchi bo‘lim davomida "Nasaf"ning vaziyatni tenglashtirish uchun urinishlari samara keltirmadi.

Ikkinchi bo‘limda qarshiliklar tashabbusni o‘z tomoniga og‘dira olmadi. Aksincha, Temurxo‘ja Abduholiqovda yana bir bor gol urish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgan edi. Sardor Mirzaevning oshirmasidan so‘ng Abduholiqov bo‘sh qolgan darvoza tomon zarba yo‘lladi, ammo Shuhrat Muhammadiev to‘pni qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Nasaf" vaziyatni o‘nglashtirishga urinib ko‘rdi. Ammo hisob o‘zgarmay qoldi va "Lokomotiv" O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston kubogi, final
"lokomotiv" - "Nasaf" — 1:0

"Lokomotiv": Ma’mur Ikromov, Kaxi Maxaradze, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Sardor Mirzaev, Salim Mustafoyev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jaev, Sanjar Shoahmedov, Ikrom Aliboyev, Sherzod Fayziev, Artur Gevorkyan.
"Nasaf": Eldorbek Suyunov, Aziz G‘aniev, Shuhrat Muhammadiev, Bahrom Abduraximov, Igor Golban, Sherzod A’zamov, Fozil Musaev, Odiljon Hamrobekov, Farruh Sayfiev, Doniyor Narzullaev, Dragan Cheran.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» «Nasaf»ni mag‘lub etdi va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi