12:59 / 02.12.2016
6 189

2003 yilda Ronalduni sotib olish uchun «Barselona»ga 2 mln evro etmagan

2003 yilda Ronalduni sotib olish uchun «Barselona»ga 2 mln evro etmagan

"Barselona" klubi sobiq prezidenti Joan Laporta, Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronaldu kataloniyaliklar klubida o‘ynashi mumkin edi, deya ma’lumot bermoqda. 2003 yilda Jorje Mendesh "Barselona"ga portugaliyalik o‘yinchini sotib olishni taklif etgan.

"Biz o‘sha paytlari jamoani qayta qurayotgandik. Men Portugaliyada edim va o‘sha damda uning agenti (Jorje Mendesh) bilan uchrashdim, u bilan Deku borasida kelishish maqsadida uchrashgan edik. U vaqtga kelib biz Ronaldino, Rafael Markes va Rikardo Kuarejma kabi futbolchilarni jalb qilishga ulgurgandik, shuning uchun ham ko‘p pul sarflashga imkonimiz yo‘q edi.

Mendesh o‘zida yaxshi futbolchi borligini aytdi. Gap Ronaldu haqida borayotgan edi. Unda "Manchester Yunayted"ga o‘tish uchun 19 mln evrolik kelishuv bor edi, biz esa unga 17 mln taklif qila olardik, holos" – deya Laporta so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2003 yilda Ronalduni sotib olish uchun «Barselona»ga 2 mln evro etmagan