16:28 / 02.12.2016
5 253

Vitaliy Denisov: Ko‘cha janjalida oyog‘imga pichoq urishgan edi

Vitaliy Denisov: Ko‘cha janjalida oyog‘imga pichoq urishgan edi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov o‘z vaqtida ko‘cha janjalida ishtirok etishga to‘g‘ri kelganini aytib o‘tdi.

"Do‘stim bilan birga ko‘cha aylanib yurgan edik, oldimizdan ikki uysiz daydi chiqib qoldi. Ichib olishgani ko‘rinib turgandi. Ulardan biri eski uyning birinchi qavatidagi oynani urib sindirdi. Shu vaqt do‘stim: "Nima ahmoqlik, bu nimasi?" - dedi.

Uydan uch yigit chiqib keldi, anavi ikki daydi esa boshqa ko‘chaga o‘tib ketishdi. Haligi yigitlar biz tomonga: "Qani bu yoqqa kelinglarchi!" deya baqirishdi.

Janjal boshlanib ketdi. Mening qo‘limda fanta bor edi, ichib kelayotgandim. Shishani ulardan biriga uloqtirdim, yuziga tegdi. Do‘stim esa yana biri bilan mushtlashib ketdi. O‘sha tomonga qadam tashlagan edim, tez harakat bilan oyog‘imga, son qismiga pichoq urdi.

Jarohatdan faqat chandiq qoldi. Haligi yigitlarni esa tezda topib, qo‘lga olishdi", - deydi Denisov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Denisov: Ko‘cha janjalida oyog‘imga pichoq urishgan edi