16:03 / 04.12.2016
5 565

Ispaniya soliq idoralari Ronaldu ishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

Ispaniya soliq idoralari Ronaldu ishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

Ispaniya moliya vazirligi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni soliqlardan bo‘yin tovlagani haqidagi xabarlarni o‘rganib chiqadi va surishtiruv o‘tkazadi. Bu haqda AS nashri Ispaniya Moliy ishlari bo‘yicha davlat kotibi Xose Enrike Fernandes de Moyiga asoslanib xabar bergan.

U portugaliyalik futbolchiga nisbatan olib boriladigan surishtiruv adolatli va xolis bo‘lishi hamda professional tarzda olib borilishi haqida gapirdi.

«Ispaniya soliq idoralarida haqiqiy professionallar ishlamoqda. Bu surishtiruv Ispaniyaning boshqa har qanday fuqarosiga nisbatan olib boriladigan ish kabi o‘tkaziladi», degan Moyya.

Avvalroq, Germaniyaning Spiegel nashri Mendesh ishlab chiqqan sxema bo‘yicha Ronalduning 150 mln evro soliqni yashirgani haqida xabar qilgandi.

Shuningdek, nemis nashrining taxmin qilishicha, bu sxemaga ko‘ra, Mourino ham 12 mln evro miqdordagi soliqni yashirishda ishtirok etgan.

2009 – 2014 yillar davomida Ronaldu Britaniya Virginiyasi orollarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tollin kompaniyasi orqali 74,8 mln evro daromadni o‘tkazgan va Ispaniya xazinasiga faqat qisman soliq to‘laganligi haqida aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya soliq idoralari Ronaldu ishi bo‘yicha tekshiruv boshladi