«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu urugvaylik hujumchi Luis Suares bilan shartnoma uzaytirilishi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqida gapirdi, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.
«Suares shartnomani uzaytirishga rozi. Biz u bilan deyarli kelishib oldik. Yaqin kunlarda yangi shartnoma tuzilganini e’lon qilamiz. Balki bu muxlislar uchun Rojdestvo sovg‘asi bo‘lar.
Biz u bilan uzoqroq muddatga shartnoma imzolamoqchi edik. Ammo ba’zi qoidalar tufayli u bilan shartnoma 2022 yilgacha bo‘ladi. U faoliyatining oxiriga qadar biz bilan qolsa, xursand bo‘lamiz», deya Bartomeuning so‘zlarini keltirgan Uruguay’s Radio Vision sayti.
Urugvaylik futbolchi kataloniyaliklar jamoasiga 2014 yilda kelgan. Ayni vaqtda 29 yoshla bo‘lgan Suares bilan amaldagi shartnoma muddati 2019 yilning 30 iyuniga qadar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi