01:51 / 11.12.2016
5 672

Chrome 56 xavfli saytlar haqida ogohlantiradi

Chrome 56 xavfli saytlar haqida ogohlantiradi

Bundan bir necha oy ilgari internet tarmog‘idagi nashrlarda Google HTTP protokoli orqali bank kartalarining ma’lumotlari va parollarni uzatishga xizmat qiladigan xavfli saytlar bilan kurashishi haqida turli xabarlar tarqalgan edi. Terabayt.uz saytining yozishicha, Google kompaniyasi yaqinda aynan yuqoridagi mexanizmga ega Chrome 56 brauzerining beta-versiyasini chiqargan. Endilikda HTTP protokolidan foydalanadigan va shaxsiy ma’lumotlarni uzatadigan saytlar manzilining oldida «Not Secure» (“Xavfsiz emas”) yozuvi ko‘rsatiladi. Keyinchalik bu funksiya “Inkognito” rejimida ham ishlashi ma’lum qilingan.

Keyinchalik ushbu mexanizm barcha saytlarda ishlashni boshlaydi va xavf to‘g‘risidagi xabar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Shuningdek, Chrome 56 Bluetooth-qurilmalar bilan o‘zaro aloqa qilishi mumkinligi haqida ham taxminlar mavjud.

Brauzerning ushbu versiyasi 6 haftadan keyin chiqarilishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chrome 56 xavfli saytlar haqida ogohlantiradi