01:42 / 12.12.2016
5 224

«Atletiko» futbol klubiga bir shart bilan 100 million evro taklif qilishmoqda

«Atletiko» klubi xo‘jayinlaridan biri hisoblanadigan Xitoyning Wanda Group kompaniyasi jamoaning yangi stadioni nomini «Wanda Metropolitano» deb nomlash uchun katta pul to‘lamoqchi.

Kun.uz nashri yozishicha, klub bu kelishuvdan 10 yil ichida 100 mln evro daromad oladi. Yangi stadion 2017-18 yilgi mavsumga tayyor bo‘ladi va 72 ming tomoshabinni o‘z bag‘rida sig‘dira oladi.
«Atletiko» futbol klubiga bir shart bilan 100 million evro taklif qilishmoqda

Bundan tashqari, klubning turli musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki natijasida bu to‘lovning miqdori yanada oshishi mumkinligi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Wanda Group kompaniyasi klubning 20 foizlik aksiyasiga egalik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Atletiko» futbol klubiga bir shart bilan 100 million evro taklif qilishmoqda