14:33 / 13.12.2016
5 490

«Krasnodar»: Ahmedov Pekinda. U bugun yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

«Krasnodar»: Ahmedov Pekinda. U bugun yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

«Krasnodar»ning o‘zbekistonlik legioneri Odil Ahmedov 13 dekabr kuni tongida Xitoy poytaxti Pekinga kelgan. Bu ma’lumot rossiyaliklar klubi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan.

U va uning agenti yangi jamoasi vakillari bilan uchrashgan.

«Sportfak» manbasi xabariga ko‘ra, ushbu futbolchi 29 yoshida faoliyatini «Shandun Lunen» jamoasida davom ettirishga rozi bo‘lgan. U bugun shu jamoa bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Tibbiy ko‘rikdan keyin u yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Shartnoma bandlari hozircha ma’lum emas.

Bundan oldinroq, «Krasnodar» tovon puli 8 mln evro bo‘lgan bu futbolchisini 6-7 mln evroga sotishga roziligi haqida xabarlar berilgandi.

Ahmedov joriy mavsumda krasnodarliklar jamoasi bilan Rossiya chempionatida 15 uchrashuvda maydonga tushgan va aksarida o‘yinni oxirigacha davom ettirmagan.

«Shandun Lunen» o‘tgan mavsumda Xitoy chempionatida 16 jamoa ichida 14-o‘rinni egallagan.

Bu jamoada hozirda germaniyalik taniqli mutaxassis Feliks Magat bosh murabbiy hisoblanadi.

Ayni vaqtda yulduzli «Shandun Lunen» tarkibida 5 nafar xorijlik futbolchi bor – Grasiano Pelle, Papiss Sisse, Valter Montilo, Jil va Jusiley.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Krasnodar»: Ahmedov Pekinda. U bugun yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi