O‘zbekiston terma jamoasi hamda Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi himoyachisi Vitaliy Denisov “Sport-Ekspress” nashrining talqiniga ko‘ra Rossiya futbol Premer-ligasi birinchi davrasining ramziy terma jamoasiga kiritildi, deb xabar bermoqda O‘FF matbuot xizmati.
29 yoshli futbolchi har bir uchrashuvda o‘rtacha 6,03 baho bilan Rossiya chempionatining eng yaxshi chap qanot himoyachisi bo‘ldi.
Joriy mavsuma Vitaliy Denisov “Lokomotiv Moskva” tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta sariq kartochka ishlab olgan.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik himoyachi 2013-yili “Lokomotiv Moskva” tarkibiga qo‘shilgan. Shu vaqtgacha u “temiryo‘lchilar”ning 118 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘lgan.
Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasi safida 63 o‘yinda maydonga tushgan va unda ham 1 ta gol kirtgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi