09:53 / 19.12.2016
5 773

Bokschi Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyada mukofotlanadi

Bokschi Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyada mukofotlanadi

Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyaga mukofotini qabul qilish uchun jo‘nab ketdi.

Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA) yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazgan edi.
Quvonarlisi, ushbu mukofotni qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar orasida bizning Hasanboy Do‘stmatov ham bor edi. 49 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasi chempioni bo‘lgan hamyurtimiz ushbu mukofotga loyiq deb topildi.

Ta’qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan Hasanboy Do‘stmatov o‘zi uchun atalgan sovrinni qabul qilib olish uchun Shveysariyaga jo‘nab ketdi.

Manba: Olamsport.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschi Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyada mukofotlanadi