09:25 / 21.12.2016
8 030

2016 yilning eng yaxshi bokschisi deb topilgan Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyada o‘z mukofotini qabul qilib oldi (foto)

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘stmatov 2016 yilning eng yaxshi bokschisiga atalgan Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA) sovrinini qabul qilib olish uchun 18 dekabr kuni Shveysariyaga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.
2016 yilning eng yaxshi bokschisi deb topilgan Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyada o‘z mukofotini qabul qilib oldi (foto)

«Daryo» nashrining ma’lum qilishicha, AIBA Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi va tashkilotning 70 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Rio–2016 Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov «Yilning eng yaxshi bokschisi» sovrini bilan taqdirlandi.

AIBA tomonidan yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada Hasanboy Do‘smatov eng ko‘p – 77 foiz ovoz to‘pladi hamda kubalik Robeysi Ramires va qozog‘istonlik Doniyor Eleusinovni katta farq bilan ortda qoldirdi.

Qayd etish joiz, 23 yoshli sportchi Rio–2016 Olimpiadasi yakunlariga ko‘ra musobaqaning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker Kubogi sohibiga aylangan edi.

Bundan tashqari, 2 dekabr kuni Ukrainaning Odessa shahrida o‘tkazilgan International Sports Awards marosimida Olimpiada chempioni sport sohasida qayd etgan natijalari uchun «Oltin Mangust» mukofotiga loyiq topilgandi.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Kubaning Cuba Domadores bokschilaridan tashkil topgan jamoa AIBA’ning WSB yo‘nalishi bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Cuba Domadores’ga mukofotni AIBA ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti, O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, WSB yo‘nalishining VI mavsumi yarim finalida O‘zbekistonning Uzbek Tiger jamoasi aynan Cuba Domadores’ga mag‘lub bo‘lgandi. Final bahsida esa Cuba Domadores jamoasi British Lionhearts bokschilari ustidan g‘alaba qozonib, chempion bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2016 yilning eng yaxshi bokschisi deb topilgan Hasanboy Do‘stmatov Shveysariyada o‘z mukofotini qabul qilib oldi (foto)