14:08 / 21.12.2016
5 902

Romelu Lukaku «Everton» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin

Romelu Lukaku «Everton» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin

“Everton” hujumchisi Romelu Lukaku shartnomasini uzaytirgan taqdirda, klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin. Bu haqida Fut.uz sayti xabar berdi.

Hujumchining agenti bu borada mersisaydlik klubning asosiy aksionerlaridan biri Farhod Moshiri bilan uchrashdi.

Manbada aytilishicha, yangi bitimga ko‘ra Lukakuning haftalik maosh 75 mingdan 100 ming funtga qadar oshishi mumkin.

Hujumchining “Everton” bilan amaldagi kelishuvi 2019 yili o‘z nihoyasiga etadi.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi APLda 16 marta maydonga tushib, to‘qqizta gol hamda uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Romelu Lukaku «Everton» tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin