09:45 / 23.12.2016
6 252

FIFA reytingi: O‘zbekiston 62-o‘rinda qoldi

FIFA reytingi: O‘zbekiston 62-o‘rinda qoldi

FIFA rasmiy saytida terma jamoalarining yangi reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 62-o‘rinda qoldi.

O‘zbekiston Osiyo Futbol Konfederasiyasiga a’zo mamlakatlar terma jamoalari orasida 6-o‘rinni egallab turibdi. Eron avvalgi oydagiga nisbatan bir pog‘ona ko‘tarilgan holda (29-o‘rin), Osiyo jamoalari orasida etakchilikni o‘zida saqlab turibdi. Janubiy Koreya hamda Yaponiya terma jamoasi o‘z o‘rinida qolgan va ular hamon 37 va 45-o‘rinlarda. Avstraliya bir pog‘ona yuqorilab, 47-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni 2 o‘rin yuqorilagab, 54-o‘rinni egallagan. Jahon Chempionati saralashining uchinchi bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan jamoalar quyidagi pog‘onalarni egallagan:

Xitoy — 82-o‘rin,

Qatar — 87-o‘rin,

Suriya — 96-o‘rin.

Jahonning umumiy reytingida hamon Argentina etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Braziliya egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rindan Germaniya joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA reytingi: O‘zbekiston 62-o‘rinda qoldi