8 165
«Real» rahbariyati muvaffaqiyatlarini Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlaydigan Shahram G‘iyosov bilan aloqaga chiqdi
Boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosovga «Real» vakillari minnatdorchilik izhor qildi. Bu haqda bokschi News Arena gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tgan, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Tadbirkor Bekzod Ortiqov gazetaning 15 dekabr kuni chop etilgan sonida Shahram G‘iyosovga murojaat qilib, Krishtianu Ronalduning gol nishonlash uslubidan foydalanishi unga futbolchining o‘zi bilan suhbatlashish imkonini bergani yoki yo‘qligiga qiziqqan.
«Shaxsan Ronaldu bilan suhbatlashishning imkoni bo‘lmadi. Madridning ‘Real’ klubi vakillari aloqaga chiqishdi», — deb aytib o‘tgan Shahram G‘iyosov.
«Jamoamiz a’zosiga tegishli uslubni eng nufuzli musobaqa — Olimpiadada qo‘llab, bizga bo‘lgan hurmatingni namoyish etding. Bundan juda baxtiyormiz. O‘ylaymizki, sen bilan uchrashish nasib etadi. Bu yo‘lda imkoniyatni ishga solamiz», — deb «Real» tomoni Shahram G‘iyosovga minnatdorchilik bildirgan.
Shahram G‘iyosov, shuningdek, futbolni yaxshi o‘ynay olishiga oydinlik kiritgan.
Bokschi savolga javobida «Real»dan kim va qachon aloqaga chiqqaniga oydinlik kiritmagan. «Real» tomonidan bildirilgan fikrlar telefon orqali suhbatda aytilganmi yoki matkub sifatida yozilganmi ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi