Germaniyaning «Bavariya» futbol klubi prezidenti Uli Xeness futbolchi va murabbiylar nemis tilida so‘zlashishi kerakligi haqida aytib, bunga rioya qilmaganlar jarimaga tortilishi haqida ogohlantirdi.
«‘Bavariya’ kiyim almashtirish xonasida nemis tili jarang sochishi kerak. Til — muloqot vositasi. Boshqacha bo‘lgan taqdirda kichik guruhbozliklar boshlanishi mumkin», — Xenessning so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Sports.ru».
Faqatgina fransuz yoki portugal tillarida so‘zlashish kamlik qiladi. Futbolchilar nemis tilini o‘rganishi va bu klub qoidasiga aylanishi kerak. Bunga bo‘ysunmaganlar jarimaga tortiladi.
Xohish bo‘lsa, chora topiladi. Ayrim futbolchilar bosh murabbiy Karlo Anchelottidan ibrat olishi lozim
Uli Xeness, «Bavariya» klubi prezidenti
Xohish bo‘lsa, chora topiladi. Ayrim futbolchilar bosh murabbiy Karlo Anchelottidan ibrat olishi lozim
Uli Xeness, «Bavariya» klubi prezidenti
Bild nashrining qayd etishicha, xorijlik futbolchilardan Aren Robben, Robert Levandovski va Anchelottining o‘g‘li Davide nemis tilida bemalol so‘zlasha oladi. Kingsli Koman hamda Renatu Sanshesh esa bu tilni hammadan ko‘ra yomonroq biladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi